Logo

Samarqanddagi Mingtepa yodgorligida VIII asrga oid hukmdorlar saroyi topildi

Бугун 08:401 дақиқа

Olimlar bu topilmalar ilk asrlar davlatchiligi va hudud tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

Samarqanddagi Mingtepa yodgorligida VIII asrga oid hukmdorlar saroyi topildi © Foto: gov.uz/uz/madaniymeros

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyi hamda haykaltaroshlik namunalari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi.

Tadqiqot va arxeologik qazishma ishlari Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutining ilmiy xodimlari Amriddin Berdimurov, Husniddin Rahmonov va Nigora Mahkamovalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qazishmalar natijasida yodgorlikning Ark (qal’a) qismida joylashgan, milodiy VIII asrning birinchi yarmiga mansub bo‘lgan saroy majmuasining me’moriy tuzilishi ochib berilgan.

«Inshootning qurilish uslubi ilk asrlar davri shaharsozligi, me’morchiligi hamda davlat boshqaruv tizimini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi», — deya ta’kidlagan mutaxassislar.

Haykaltaroshlik topilmalari va ularning ahamiyati
Shuningdek, qazishma ishlari davomida saroyning zal qismidan VIII asrga oid haykaltaroshlik namunalari ham topilgan bo‘lib, hozirda ular yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Arxeologlar mazkur artefaktlar hudud tarixini chuqurroq o‘rganishga yordam berishini bildirgan.

«Mazkur topilmalar Mingtepa yodgorligining siyosiy, madaniy hayoti, ilk asrlardagi hududning tarixiy taraqqiyoti haqida yangi ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi», — deya qayd etgan tadqiqotchilar.

Теглар

Мавзуга оид