Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 18-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi © Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Boku shahriga yetib bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 18-may kuni bo‘lib o‘tadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi tadbirlarida, shu jumladan, Yetakchilar sammitida ishtirok etadi.

Теглар

Мавзуга оид