Soliq qo‘mitasi va «O‘zbekneftgaz» ishtirokida budjet mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi

Бугун 11:252 дақиқа

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini kengaytirish loyihasi doirasida QQS mablag‘larini noqonuniy shakllantirish orqali 643,2 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Soliq qo‘mitasi va «O‘zbekneftgaz» ishtirokida budjet mablag‘i talon-toroj qilingani aniqlandi © sputnik

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Soliq qo‘mitasining komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yirik miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etildi.

Departament tomonidan Soliq qo‘mitasi komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Soliq qo‘mitasi, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi, «O‘zbekneftgaz» AJ, «Sh.G.» MCHJ, «S.E.» MCHJ QK, «A.» MCHJ va «E.E.» MCHJ QKning O‘zbekistondagi doimiy muassasasi mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirgan.

QQS mablag‘ini shakllantirish

image_2026-06-03_11-35-59

Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish bo‘yicha berilgan 5,3 trln so‘mlik xizmatlar QQSdan ozod etilgan bo‘lsada, QQS summasini elektron hisob-fakturalarga noqonuniy kiritib, budjetda asossiz ravishda QQS mablag‘ini hosil qilib, ushbu mablag‘ni «A.» MCHJning hisob raqamiga qaytarilishiga va «S.E.» MCHJ QKning davlat oldidagi kreditorlik qarzdorliklarining yo‘q qilinishiga erishgan. Buning oqibatida 643,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu harakatlar oqibatida davlat budjetiga 643,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Andijon viloyatida bir guruh shaxslar soxta hisob-fakturalar va xarid cheklari orqali «Soliq Mobile» tizimidan 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘ini noqonuniy o‘zlashtirganligi ma’lum qilingan edi.

Теглар

Мавзуга оид