«So‘nggi qo‘ng‘iroq» oldidan bitiruvchilar va ota-onalar ogohlantirildi

Бугун 17:501 дақиқа

Yaqindagina Qo‘qondagi YTHda 9-sinf o‘quvchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 10 yoshli uch nafar qizaloqni urib yuborgan edi.

«So‘nggi qo‘ng‘iroq» oldidan bitiruvchilar va ota-onalar ogohlantirildi

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ertaga, 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan «So‘nggi qo‘ng‘iroq» bayrami tadbirlari arafasida maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalarini ogohlantirdi.

Idoraning ta’kidlashicha, har yili ushbu sana yaqinlashishi bilan yo‘llarda haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan o‘quvchilarning transport vositalarini boshqarishlari bilan bog‘liq holatlar kuzatiladi.

Shu sababli YHXX ota-onalardan farzandlariga avtomobil kalitini ishonib topshirmaslikni, o‘quvchi yoshlardan esa haydovchilik huquqisiz rulga o‘tirib, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslikni qat’iy so‘ragan. Bayram kuni farzandni xursand qilishga urinish fojia bilan yakunlanishi va uning kelajagiga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Nazoratning kuchaytirilishiga so‘nggi paytlarda o‘quvchilarning haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil ruliga o‘tirishi va buning oqibatida og‘ir yo‘l-transport hodisalari ko‘payayotgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Qo‘qonda 9-sinf o‘quvchisi bobosining ruxsati bilan avtomobil kalitini olib, mashinani yuvish bahonasida haydab ketishi oqibatida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 10 yoshli uch nafar qizaloqni urib yuborgan edi; hodisa oqibatida bir nafar o‘quvchi qiz shifoxonada vafot etgan, ikki nafari og‘ir jarohatlangan, voyaga yetmagan haydovchiga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 266 va 267-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u hibsga olingan.

Теглар

Мавзуга оид