Sun’iy intellektga qaramlikning ilk holati aniqlandi

Mutaxassislar SI chat-botlar inson eshitishni xohlagan javoblarni berishi orqali hissiy bog‘liqlikni kuchaytirishi mumkinligini aytmoqda. Italiyada esa bunday qaramlikning ilk rasmiy holati qayd etilib, bemor shifoxonaga yotqizildi.

Sun’iy intellektga qaramlikning ilk holati aniqlandi © about.fb.com

20 yoshli italiyalik qizda sun’iy intellektga qaramlik holati aniqlandi va u shifoxonada davolanish kursini o‘tkazishga majbur bo‘ldi — bu haqda «Gazzettino» nashri xabar berdi.

Qiz, ma’lumotlarga ko‘ra, sun’iy intellekt bilan doimiy aloqada bo‘lgan va «hamma narsa va hamma odamlardan uzoqlashgan».

«Zaharli do‘stlik»

Xabarda aytilishicha, SI-chat-bot qizning hissiy holatiga moslashib borgan va u uchun «xavfsizlik va tushunish manbai»ga aylangan. Natijada u insonlar bilan muloqotni deyarli to‘liq SI bilan almashtirib yuborgan.

Mutaxassislar bu holatni «zaharli do‘stlik» deb ta’riflashgan. U vaqt o‘tishi bilan real qaramlikka aylangan.

Italiya matbuotiga ko‘ra, bu noyob holat hisoblanadi, chunki avvalgi yillarda hatti-harakatga bog‘liq qaramliklar faqat qimor o‘yinlari, internet o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqlar yoki majburiy xaridlar bilan bog‘liq holda qayd etilgan. Biroq sun’iy intellektga qaramlik ilk marta rasman aniqlanmoqda.

Shifoxona bosh shifokori Laura Suardi bu holat ular uchun kutilmagan bo‘lmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, SI chat-botlar insonga moslashib, u eshitishni xohlagan gaplarni «aytadi», bu esa kuchli hissiy bog‘lanishni shakllantiradi.

Теглар

Мавзуга оид