Logo

«Tashabbusli budjet»ning 2026 yilgi 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi

Бугун 10:451 дақиқа

Ovoz berish jarayonida mamlakat bo‘ylab 10,1 mlndan ortiq ovoz berildi. Jami 2 195 ta loyiha g‘olib deb topildi.

«Tashabbusli budjet»ning 2026 yilgi 2-mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi © Ijtimoiy tarmoqlar

«Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi yakunlari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, jami 2 195 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Ularning 2 059 tasi an’anaviy, 136 tasi esa sheriklik loyihalari hisoblanadi.

Ovoz berish jarayonlarida mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 124 mingta ovoz berilgan.

G‘olib loyihalar mahalla aholisi tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi. Ayrim hududlarda g‘alabani nishonlash uchun mushakbozliklar ham tashkil etilgan.

«Tashabbusli budjet» doirasida saralashdan o‘tgan loyihalar uchun ovoz berish 21-avgust soat 23:59da boshlangan va 31-avgust soat 23:59gacha davom etgan.

G‘olib loyihalarning to‘liq ro‘yxati bilan «Ochiq budjet» portalida tanishish mumkin.

Теглар

Мавзуга оид