Logo

«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi

Бугун 21:202 дақиқа

Fuqarolar 3-avgustga qadar o‘z tashabbuslarini Openbudget.uz portaliga kiritishlari mumkin bo‘lib, g‘olib loyihalar 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

«Tashabbusli budjet»ning yangi mavsumi boshlandi

O‘zbekistonda 15-iyuldan boshlab «Tashabbusli budjet» jarayonining 2026 yilgi ikkinchi mavsumi loyiha kiritish bosqichiga start berildi. Tashabbuskor fuqarolar 3-avgustga qadar o‘z loyihalarini Openbudget.uz portali orqali ilgari surishlari mumkin.

Mazkur mavsum «Tashabbusli budjet» jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi. Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra asosiy g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Mavsum doirasidagi jarayonlar quyidagi kalendar asosida amalga oshiriladi:

• 15-iyuldan 3-avgustgacha — loyihalarni kiritish;
• 4–18-avgust kunlari — loyihalarni saralash;
• 19–21-avgust kunlari — targ‘ibot bosqichi;
• 22–31-avgust kunlari — ovoz berish bosqichi;
• 1–10-sentabr kunlari — qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish.

Ketma-ket g‘olib bo‘lgan mahallalar uchun cheklovlar

Yangi mavsumda «Tashabbusli budjet» jarayonida ketma-ket ikki mavsumda g‘olib bo‘lgan mahallalar uchun navbatdagi ikki mavsumda loyiha kiritishni cheklash amaliyoti qo‘llanilmoqda. Shunga ko‘ra, joriy mavsumda loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalar ro‘yxati shakllantirilgan va e’lon qilingan. Biroq tanaffus qo‘llangan mahallalar ham sherikchilik asosidagi loyihalarni ilgari surish huquqiga ega bo‘ladi.

Ovoz to‘plamasdan avtomatik g‘olib bo‘luvchi sheriklik loyihalari

2026 yildan boshlab tizimda loyihalarni sherikchilik asosida birgalikda moliyalashtirish amaliyoti joriy etilgan. Qoidalarga ko‘ra, agar fuqarolar loyiha qiymatining 50 foiz qismini moliyalashtirsa, qolgan qismi davlat budjetidan ajratib beriladi. Mazkur holatda loyiha uchun ovoz to‘plash talab etilmaydi va u avtomatik tarzda g‘olib bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, loyihalarni sherikchilik asosida amalga oshirish mutlaqo ixtiyoriy hisoblanadi. Fuqarolar bunday loyihalarni ham 3-avgustga qadar taqdim etishlari mumkin.

Теглар

Мавзуга оид