Tayvan fond bozori kapitalizatsiya bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi

Бугун 08:252 дақиқа

Kichik bir orol davlat jahonning eng qudratli moliyaviy markazlaridan birini dog‘da qoldirdi. Ushbu tarixiy burilishga aynan qaysi sohadagi kutilmagan portlash sabab bo‘ldi?

Tayvan fond bozori kapitalizatsiya bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi

Tayvan fond bozori kapitalizatsiyasi bo‘yicha tarixda ilk bor Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahon reytingida kutilmaganda yettinchi o‘ringa chiqib oldi. «Bloomberg» agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 15-aprel holatiga Tayvan aksiyalarining umumiy bozor qiymati misli ko‘rilmagan 4,14 trln dollarga yetgan.

Ayni shu vaqtda Buyuk Britaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichi 4,09 trillion dollarni tashkil qildi. Kichik orol davlatning bunday qudratli moliyaviy markazni ortda qoldirishi global bozorda chinakam sensatsiyaga aylandi.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakat fond bozorining bu qadar shiddatli o‘sishiga sun’iy intellekt texnologiyalariga kiritilgan investitsiyalarning keskin ortgani sabab bo‘lmoqda. Butun dunyoda sun’iy intellekt chiplariga bo‘lgan talab portlamoqda.

«Bu texnologiyalar va sun’iy intellektning chinakam supersiklidir», — deya ta’kidladi «BNP Paribas» bankining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha rahbari Uilyam Bratton.

Yevropa bozori ortda

Tahlilchilarning qayd etishicha, Buyuk Britaniya va Yevropaning aksariyat qismida ushbu texnologik «supersikl»dan foyda ko‘rayotgan, sun’iy intellektga asoslangan kompaniyalar deyarli yo‘q. Aynan shu omil G‘arb fond bozorlarining sekinlashishiga va raqobatda yutqazishiga olib kelmoqda.

«Financial Times» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniyaning eng yirik «FTSE 100» fondi indeksi yil boshidan buyon bor-yo‘g‘i 6,1 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich Tayvanning «Taiex» indeksi qayd etgan 26,5 foizlik hayratlanarli sakrash bilan solishtirganda juda pastdir.

Eng yirik ishlab chiqaruvchi

Agentlik xabariga ko‘ra, Tayvan fond bozorining keskin sakrashi birinchi navbatda dunyodagi eng yirik chip ishlab chiqaruvchisi — «Taiwan Semiconductor Manufacturing Company» (TSMC) faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Ushbu gigant kompaniyaning ulushi butun mamlakat bozor kapitalizatsiyasining qariyb 45 foizini tashkil qiladi.

Yaqinda «TSMC» kompaniyasi 2026 yilning birinchi choragi uchun rekord darajadagi daromadni e’lon qildi. Uning sof foydasi yillik hisobda 58 foizga o‘sib, 18 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, umumiy tushumi 35 foizga oshib ketdi.

Теглар

Мавзуга оид