Tojikiston sement tanqisligi fonida to‘rtta yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda

Бугун 20:201 дақиқа

Tojikistonda sement narxlari keskin oshib, ayrim hududlarda taqchillik yuzaga kelgan bir paytda mamlakat hukumati yangi yirik sement zavodlarini qurishga qaror qildi.

Tojikiston sement tanqisligi fonida to‘rtta yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda © prezident.tj

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat ichki bozorini mahalliy sement bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar berdi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, kelasi ikki-uch yil ichida mamlakatning turli hududlarida to‘rtta yangi sement zavodi qurilib, ishga tushiriladi.

Yangi korxonalarning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga qariyb 6 million tonna sementni tashkil etadi. Hukumat bu orqali mamlakatda sement ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish, ichki talabni to‘liq qondirish va qurilish materiallari narxini barqarorlashtirishni maqsad qilgan.

Tojikistonda sement narxlari keskin oshdi

Loyiha doirasida taxminan 5 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Biroq yangi zavodlar ishga tushgunga qadar hukumat sement bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga kirishgan.

28-may kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Emomali Rahmon mas’ul idoralarga sement narxlari oshishining sabablarini bartaraf etish bo‘yicha bir hafta ichida takliflar tayyorlashni topshirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda sement ishlab chiqarish hajmi so‘nggi o‘n yilda sezilarli o‘sgan. Agar 2014 yilda mamlakatda yiliga 300 ming tonna sement ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 5 million tonnadan oshgan.

Теглар

Мавзуга оид