Logo

Tojikistonda ish haqi o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga oshdi

Aprel oyida iqtisodiyotning real sektorida o‘rtacha oylik ish haqi 3482,8 somoniyga yetdi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodimlar esa o‘rtacha 3201,7 somoniy maosh olishdi.

Tojikistonda ish haqi o‘tgan yilga nisbatan 20 foizga oshdi © Foto: asiaplus.news

Tojikiston Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 2026 yil aprel oyida 3262,7 somoniyni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p.

Inflatsiyani hisobga olgan holda, haqiqiy ish haqi o‘tgan yilga nisbatan 16 foizga oshdi, bu esa ish haqining iste’mol narxlaridan oshib ketganligini ko‘rsatadi.

Aprel oyida iqtisodiyotning real sektorida o‘rtacha oylik ish haqi 3482,8 somoniyga yetdi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi xodimlar esa o‘rtacha 3201,7 somoniy maosh olishdi. Ikkala ko‘rsatkich ham bir yil avvalgi ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ldi.

Real sektor tarmoqlari orasida eng yuqori o‘rtacha ish haqi elektr energiyasi, gaz va bug‘ ta’minoti sohasida, eng pasti esa qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilik sohasida qayd etildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida eng yuqori o‘rtacha ish haqini moliyaviy va sug‘urta faoliyati xodimlariga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi

Bundan tashqari ta’lim sohasidagi o‘rtacha ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi o‘rtacha ish haqidan yuqori bo‘ldi.

Теглар

Мавзуга оид