Toshkentda Tojikiston elchixonasi ochildi

Mirziyoyev va Rahmon ishtirokida Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi tantanali ravishda ochildi.

Toshkentda Tojikiston elchixonasi ochildi © Foto: president.uz

Tojikiston Prezidentining davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar.

Yetakchilar elchixona va konsullik bo‘limining ma’muriy binolari, elchi qarorgohi, diplomatlar va ularning oila a’zolari uchun turar-joylarni o‘z ichiga olgan majmuani ko‘zdan kechirdilar.

Marosim yakunida Prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, diplomatik vakolatxona hududiga daraxt ekdi.

Теглар

Мавзуга оид