Logo

Xalqaro ekspertlar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ni korporativ boshqaruv bo‘yicha e’tirof etdi

Бугун 12:552 дақиқа

2026-yilning ikkinchi yarmida qilinadigan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladigan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Xalqaro ekspertlar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ni korporativ boshqaruv bo‘yicha e’tirof etdi

2026-yilning 27-iyulidan 2-avgustiga qadar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari T. Chikanza va A. Blumhardt amaliy tashrif bilan kombinatda bo‘ldi va kompaniya ishini tahli qildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ekspertlarning bu tashrifi OKMKda korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda AJ boshqaruv tizimiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi muhim bosqichi bo‘ldi. Tashrif dasturi doirasida qator ishchi uchrashuvlar, strategik sessiyalar hamda kombinat rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Ularda yirik investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, moliyaviy modellarni takomillashtirish, Kuzatuv kengashi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, xalqaro ESG tamoyillari va ilg‘or jahon amaliyoti asosida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ishchi uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, Kuzatuv kengashining mustaqil a’zolari tomonidan korporativ boshqaruvni yanada rivojlantirish, boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda kompaniyaning strategik tashabbuslarini samarali amalga oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarmida qilinadigan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladigan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Qolaversa, kompaniyada korporativ boshqaruv tizimining yuqori darajasi mustaqil baholash natijalari bilan ham tasdiqlanmoqda. Xususan, 2025-yil yakunlari bo‘yicha «Winvestment Consult» mustaqil auditorlik kompaniyasi tomonidan jamiyatning korporativ boshqaruv tizimi kompleks baholandi.

Baholash natijalariga ko‘ra, AJ 958 ball to‘pladi. Mazkur ko‘rsatkich OKMKda korporativ boshqaruvning yuqori darajada shakllangani, boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini, shaffoflik, mas’uliyat va hisobdorlik tamoyillariga amal qilinayotgani, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatadi.

Reklama

 

Теглар

Мавзуга оид

Xalqaro ekspertlar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati»ni korporativ boshqaruv bo‘yicha e’tirof etdi | Vaqt.uz