Logo

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi

Бугун 15:141 дақиқа

Polkovnik Abdumajid Shermuxamedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Uning o‘rniga podpolkovnik Oybek Kaimxo‘jayev Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi © Ijtimoiy tarmoqlar

Podpolkovnik Oybek Abdukarimovich Kaimxo‘jayev Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Kaimxo‘jayev yangi lavozimgacha Toshkent shahri Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan.

Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 2025-yilning 15-martidan buyon shu paytgacha polkovnik Abdumajid Shermuhamedov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, polkovnik Abdumajid Mavlyanovich Shermuxamedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Undan oldin Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. U bu lavozimga o‘tguncha Toshkent shahri IIBB Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hisob palatasiga yangi rais tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид