Logo

Yarim yilda o‘zbekistonliklar sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari uchun qancha mablag‘ sarfladi?

Бугун 14:301 дақиқа

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona va Samarqand viloyatlari egallagan.

Yarim yilda o‘zbekistonliklar sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari uchun qancha mablag‘ sarfladi? © Ijtimoiy tarmoqlar

2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 7,03 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, xizmatlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qildi. Poytaxt aholisi va mijozlari bu xizmatlarga jami 1,2 trln so‘m sarflagan.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 986,7 mlrd so‘m va Samarqand viloyati 838,7 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan joylashgan. Namangan viloyatida esa sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 745,5 mlrd so‘mga yetgan.

Toshkent viloyatida mazkur xizmatlar hajmi 729,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 461,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida esa 440,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sartaroshxona va go‘zallik xizmatlari uchun 342,3 mlrd so‘m sarflangan. Xorazm viloyatida 340,4 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyatida ko‘rsatkich 240,7 mlrd so‘mni, Surxondaryo viloyatida 234,7 mlrd so‘mni, Navoiy viloyatida esa 220,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Bu yerda olti oy davomida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 100,6 mlrd so‘m bo‘lgan. Jizzax viloyatida ushbu ko‘rsatkich 148,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Теглар

Мавзуга оид