Bexzod Narmatov Prezidentga maslahatchi bo‘ldi
U bunga qadar Prezidenti administratsiyasining neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
© sputniknews.uzBugun, 14-may kuni O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Bexzot Raxmatullayevich Narmatov O‘zbekiston Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.
Narmatov mazkur tayinlovga qadar (2026 yil, 23-fevraldan buyon) O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasining neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Qolaversa, faoliyati davomida tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi, «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi, energetika vaziri o‘rinbosari, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda «Andijonneft» kompaniyasiga rahbarlik qilgan.





