Bir qator hududlarga sel kelish xavfi e’lon qilindi

16.02.2026 | 10:402 daqiqa

16–17-fevral kunlari kuchli yomg‘irlar tufayli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Bir qator hududlarga sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 16–17-fevral kunlari kutilgan yomg‘irlar sabab qator viloyatlarning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor. Bu haqda O‘zgidromet tezkor axborot berdi.

Jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida; Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Mutaxassislar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, pastqam hududlarni suv bosishi ehtimoli mavjud.

Shuningdek, bugun, 16-fevral kunduz kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid