Logo

Britaniyada hokimiyat almashdi: endi Byornem yangi bosh vazir bo‘ldi

Kecha 20:261 daqiqa

U birinchi navbatda Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy bilan gaplashib olmoqchi.

Britaniyada hokimiyat almashdi: endi Byornem yangi bosh vazir bo‘ldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer qirol Karl III bilan uchrashuvda rasman iste’foga chiqdi. Bu haqda Bukingem saroyi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qirol Starmerning bosh vazir va G‘aznachilikning birinchi lordi lavozimlaridan ketish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi. Uchrashuvdan oldin Dauning-stritda so‘zlagan Starmer o‘zining «missiyasi bajarilganini» aytdi.

Uning ta’kidlashicha, 2019 yilgi saylovdagi mag‘lubiyatdan keyin Leyboristlar partiyasini inqirozdan olib chiqqan va uni 2024 yilgi umumiy saylovlarda g‘alabaga yetaklagan.

Byornem yangi hukumat tuzadi

Karl III Starmer iste’fosini qabul qilgach, Leyboristlar partiyasining yangi rahbari Endi Byornemga hukumatni shakllantirish vazifasini yukladi.

Shundan so‘ng Byornem rasman Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga kirishdi. Dauning-stritdagi ilk nutqida u mamlakatda «tubdan yangilanish» davrini boshlashini hamda yangi siyosiy va iqtisodiy kursga o‘tilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, u ilk tashqi siyosiy qadamlaridan biri sifatida AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilishini bildirdi.

Ukraina bo‘yicha siyosat o‘zgarmaydi

Yangi bosh vazir Buyuk Britaniyaning Ukrainaga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashi o‘zgarmasligini ham ta’kidladi.

Avvalroq, Kir Starmer partiya mahalliy saylovlarda mag‘lubiyatga uchragani va Leyboristlar partiyasi ichida bosim kuchayganidan so‘ng lavozimini tark etishga qaror qilgan edi.

17-iyul kuni Endi Byornem muqobilsiz ovoz berish yo‘li bilan leyboristlarning yangi yetakchisi etib saylandi.

Teglar

Mavzuga oid