Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi?
28-fevral kuni respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqatgina vodiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zgidromet 28-fevral kuni O‘zbekiston hududlarida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+4 daraja iliq, kunduzi +10...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +18...+23 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.





