Logo

«OpenAI» o‘zining sun’iy intellektga asoslangan «Atlas» brauzerini yopmoqda

Bugun 20:251 daqiqa

Bundan biroz avval kompaniya qisqa videolar yaratuvchi «Sora» sun’iy intellekt generatorini ham yopgan edi.Bundan biroz avval kompaniya qisqa videolar yaratuvchi «Sora» sun’iy intellekt generatorini ham yopgan edi.

«OpenAI» o‘zining sun’iy intellektga asoslangan «Atlas» brauzerini yopmoqda

«OpenAI» kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan o‘zining «Atlas» brauzerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya ma’lumotida xabar qilindi.

Loyihani yopish sabablari va brauzerning keyingi taqdiri


«OpenAI» mahsulotlar bo‘yicha jamoasi vakili Jeyms Sanning so‘zlariga ko‘ra, «Atlas» kamida 2026 yilning 9-avgustiga qadar ishlab turadi. Uning ba’zi funksiyalari ChatGPT'ning desktop ilovasi va Google Chrome uchun kengaytmada taqdim etiladi.

Shunday qilib, mazkur brauzer bozorda bir yildan kamroq vaqt mavjud bo‘ldi. Brauzerni yopish qarori ilovalar bo‘yicha direktor Fiji Simo jamoani ikkinchi darajali loyihalarni qisqartirishga chaqirganidan to‘rt oy o‘tib qabul qilindi. Bundan biroz avval kompaniya qisqa videolar yaratuvchi Sora sun’iy intellekt generatorini ham yopgan edi.

ChatGPT Atlas brauzeri 2025 yilning 21-oktabrida taqdim etilgan bo‘lib, ishlab chiquvchilar odamlarning internetdan foydalanish usullarini qayta ko‘rib chiqishni maqsad qilgan edi.

Ammo, G‘arb jurnalistlarining dastlabki sharhlarida Atlas hatto sun’iy intellekti yo‘q boshqa brauzerlardan ham ortda qolayotgani qayd etilgan. Xususan, u qidiruv tizimi sifatida yomon ishlagani, tez-tez noto‘g‘ri javoblar bergani va asl manbalarga havolalarni cheklagani ta’kidlangan.

Teglar

Mavzuga oid

«OpenAI» o‘zining sun’iy intellektga asoslangan «Atlas» brauzerini yopmoqda | Vaqt.uz