O‘zbekiston mahbuslar soni bo‘yicha dunyoda 166-o‘rinni oldi
Bu Markaziy Osiyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi.
© Ijtimoiy tarmoqlarJinoyatchilik va adolat siyosati tadqiqotlari institutining 2025-yil uchun ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 85 nafar qamoqda saqlanayotgan shaxs to‘g‘ri keladi. Bu haqda tashkilot hisobotida so‘z boradi.
Bu Markaziy Osiyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biridir. Taqqoslash uchun, Turkmaniston dunyoda to‘rtinchi o‘rinda (576 mahbus), Qozog‘iston 103-o‘rinda (163), Tojikiston 112-o‘rinda (145) va Qirg‘iziston 145-o‘rinda (112). Boshqa davlatlar qatorida Rossiya 35-o‘rinda (har 100 ming kishiga 300 mahbus) va Turkiya 10-o‘rinda (468).
Dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich Salvadorda (1659 mahbus), eng past ko‘rsatkich esa Yamanda (14).
Rivojlangan davlatlar orasida AQSH yuqori ko‘rsatkichlardan birini egallagan — har 100 ming aholiga 542 mahbus to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Avstraliyada bu ko‘rsatkich 170, Buyuk Britaniyada 138, Fransiyada 126, Germaniyada 71, Kanadada 90, Yaponiyada esa 33 nafarni tashkil etgan.
Hisobotda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov ostida bo‘lgan yoki sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar hisobga olingan. Ma’muriy tartibda hibsda saqlanayotganlar statistikaga kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi o‘zbekistonlik mahbuslar jazoni vatanda o‘tashni so‘ragandi.





