O‘zbekiston vakili Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga rahbar bo‘ldi
Konfederatsiyaning bosh ofisi Toshkentda bo‘lishi belgilandi.
© Foto: uza.uzO‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, kuni kecha Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda tashkilotchilar qaroriga ko‘ra Kengashga Konfederatsiya maqomi berilgan va uning bosh ofisi Toshkentda bo‘lishi belgilangan.
Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi raisi etib O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining amaldagi raisi Qudratilla Rafiqov saylangan.
Qudratilla Rafiqov haqida
Qudratilla Rafiqov 1947-yilda tug‘ilgan. 1993-1998-yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi muovini, 1998-2003-yilgacha Jizzax viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinroq «Jizzax akkumulator zavodi» AJ bosh direktori lavozimida ishlagan.
U 2016-yil dekabr, 2020-yil noyabr va 2025-yil noyabr oyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga rahbar etib saylangan. Saylov har 5 yilda bo‘lib o‘tadi.





