O‘zbekistonda 14 ta yangi «Yashil» texnikum ochilmoqda

Kecha 23:471 daqiqa

Texnikumlarning eng iqtidorli o‘quvchilari uchun maxsus «Eko-stipendiya» joriy qilinadi.

O‘zbekistonda 14 ta yangi «Yashil» texnikum ochilmoqda

O‘zbekistonning barcha hududlarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan 14 ta yangi «Yashil» texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan, 2030-yilga qadar ushbu ta’lim maskanlarida 10 ming nafar zamonaviy eko-kadrlar yetishtirib chiqarilishi belgilangan.

Texnikumlarning eng iqtidorli o‘quvchilari uchun maxsus «Eko-stipendiya» joriy qilinadi va ularga har oy kamida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida stipendiya to‘lanadi.

​O‘quvchilar tabiat qo‘riqxonalari, o‘rmon xo‘jaliklari va botanika bog‘larida real amaliyot o‘taydi. Oliy ta’limning yuqori bosqichlarida amaliy mashg‘ulotlar ulushi 80 foizgacha yetadi.​

Ingliz tilini yaxshi bilgan (B2) va yuqori baholarga o‘qigan bitiruvchilar «Green University»ning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, ​bu tashabbus yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari va zamonaviy kasblarni egallash imkoniyatini yaratadi. Eng muhimi, mamlakat ekologiyasini asrab-avaylaydigan, tabiat bilan uyg‘un ishlay oladigan yangi avlod mutaxassislarini yetishtirib beradi.

Teglar

Mavzuga oid