Logo

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi

Bugun 10:471 daqiqa

Hududlar kesimida eng ko‘p avtotransport vositasi Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida ro‘yxatga olingan.

O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni 5 millionga yaqinlashdi © Vaqt.uz

2026-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 982 ming 516 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, aholiga tegishli umumiy avtotransport vositalarining asosiy qismi yengil avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda — 4 mln 618 ming 719 dona. Qolgan transport vositalari orasida 343 ming 375 ta yuk avtomobili, 7 ming 508 ta mikroavtobus, 7 ming 128 ta maxsus transport vositasi va 5 ming 786 ta avtobus bor.

Eng ko‘p avtomobillar qayerda?

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda jismoniy shaxslarga tegishli 637 ming 706 ta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgan.

Undan keyin Farg‘ona viloyati 573 ming 472 ta va Samarqand viloyati 563 ming 72 ta avtotransport vositasi bilan keyingi o‘rinlarni egallagan. Qashqadaryo viloyatida 457 ming 457 ta, Toshkent viloyatida esa 476 ming 148 ta transport vositasi aholi nomida rasmiylashtirilgan.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan — 110 ming 122 ta. Jizzax viloyatida 145 ming 392 ta, Navoiy viloyatida esa 156 ming 745 ta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.

Teglar

Mavzuga oid