O‘zbekistonda bu hafta qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir, kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi, tog‘li hududlarda sel xavfi bo‘lishi mumkin.
© Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi kuchayib, chang‘-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Shamol tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi. Ba’zi hududlarda sekundiga 13–18 metr kuchayishi mumkin. Ayniqsa, 18–19-may kunlari shamol ayrim joylarda sekundiga 20–22 metrgacha yetishi va chang‘-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimoli bor.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘irlar kuchli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, momaqaldiroq kuzatilishi va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi saqlanib qolmoqda. Mutasaddilar aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.
Hafta boshida havo harorati yuqori bo‘ladi. Dushanba kuni kunduzi havo +30..35 daraja atrofida isishi kutilmoqda. Keyingi kunlarda harorat +25...+28 darajadan +30...+32 darajagacha o‘zgarib turadi.
Toshkent shahrida ham hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo saqlanadi. 19-may kuni yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +18...+20, kunduzi +25...+27 daraja bo‘ladi. 20-may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo +30...+32 darajagacha isiydi. 21–22-may kunlari yana qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.





