O‘zbekistonlik hakamlar 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi

Kecha 22:261 daqiqa

Ilgiz Tantashev mundialda bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda tajribali hakamlar — Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yordam berishadi.

O‘zbekistonlik hakamlar 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida faoliyat yuritadigan hakamlar ro‘yxati tasdiqlandi. Musobaqada o‘zbekistonlik hakamlar ham ishtirok etadigan bo‘ldi.

Ilgiz Tantashev mundialda bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda hakamlar — Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yordam berishadi.

Ma’lumot uchun, bungacha Ravshan Ermatov ketma-ket uchta jahon chempionatida ishtirok etib, rekord o‘rnatgan edi.

11

Jahon chempionati

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida o‘tkaziladi. Musobaqa davomida jami 104 ta uchrashuv o‘tkaziladi. JCH-2026 11-iyunda boshlanadi. Final uchrashuvi 19-iyul kuni Nyu-Jersidagi «MetLife Stadium» stadionida bo‘lib o‘tadi. Osiyo qit’asi (AFC) uchun JCH-2026 da to‘g‘ridan-to‘g‘ri 8 ta yo‘llanma ajratilgan.

Teglar

Mavzuga oid