Logo

«O‘zbekkonsert»dan shedevr shartnoma: tugallangan tadbirga bir yil o‘tib pul ajratildi

Bugun 21:352 daqiqa

Qizig‘i shundaki, 2025 yilda o‘tkazilgan «Turkmaniston madaniyat kunlari» tadbiriga guldasta sotib olish uchun shartnomalar 2026 yilda imzolandi.

«O‘zbekkonsert»dan shedevr shartnoma: tugallangan tadbirga bir yil o‘tib pul ajratildi © ijtimoiy tarmoqlar

Madaniyat vazirligi huzuridagi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi o‘tgan kuzda o‘z yakuniga yetgan «Turkmaniston madaniyat kunlari» tadbiriga tirik gullardan guldasta xarid qilish uchun joriy yil qishda 2 ta shartnoma imzoladi.

Gap shundaki, tadbir 2025 yil 21–24-oktabr kunlari Xorazm viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Ammo pul ajratish uchun yetkazib beruvchi yakka tartibdagi tadbirkor «YTT NIG‘MATOV ZIKRILLA SA’DULLA O‘G‘LI» bilan imzolangan hujjat sanasida 2026 yilning 17-fevral qayd etilgan.

12



Buyurtmachi sifatida «O‘zbekkonsert» har ikkala shartnomani ham aynan bitta tadbirkor bilan tuzgan. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun birinchi shartnoma summasi 195 million so‘m qilib ko‘rsatilgan.

Masalan, donasi 25 ming so‘mlik 1400 ta Gollandiya pushti atirguli 35 million so‘mga, donasi 22 ming so‘mdan yana shuncha qizil atirgul 30,8 million so‘mga tushgan. Umumiy hisobda 43,4 million so‘mlik sprey atirguldan 1550 ta sotib olingan, uning 1 tasi 28 ming so‘mdan pullangan.

3

Eng qimmatga tushirgani ham aynan shu. Qolgan gullar ham arzon emas. Ularni olishga esa 5,3 milliondan 23,9 million so‘mgacha mablag‘ ketgan.

Ikkinchi shartnoma esa 395 mln so‘mga tuzilgan.

4



Bunda xarid summasi ko‘rsatilganlarning donasi 19 ming so‘mdan 55 ming so‘mgacha baholangan. Ular orasida donasi 600 ming so‘mligi ham yo‘q emas. Gullarning har biridan ko‘pi bilan 4900 donagacha olingan. Buning uchun davlat budjetidan 1,2 million so‘mdan 93,1 million so‘mgacha, umumiy hisobda yuqorida aytilgan 395 million so‘m sarflangan.

5



Bundan oldin Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro Festivallar direksiyasi bilan «YTT NIG‘MATOV ZIKRILLA SA’DULLA O‘G‘LI» bilan 1 dona tirik gullardan guldasta uchun 227 million so‘mdan 257 million so‘mgacha shartnoma tuzilgan. Shartnoma jami summasi 550 mln so‘m edi.

 

Teglar

Mavzuga oid

«O‘zbekkonsert»dan shedevr shartnoma: tugallangan tadbirga bir yil o‘tib pul ajratildi | Vaqt.uz