Logo

Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni mukofotladi

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident mamlakatning faol va tashabbuskor yoshlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni mukofotladi © Foto: prezident.uz

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, o‘zining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlanadi:

Azatova Shaxzoda Alisher qizi - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali 4-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Odiljonova Kamola Abduvosit qizi - Andijon davlat pedagogika institutining 1-bosqich doktoranti, Andijon viloyati

Bafoyev Jaxongir Shuxrat o‘g‘li - Buxoro shahridagi «Bukhara books» xususiy kitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi, Buxoro viloyati

Jalolova Mohira Sirojiddin qizi - Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi neyrojarrohi

Ziyodova Asal Isomiddin qizi - Qarshi shahridagi «Bolalar akademiyasi» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Istamtoshev Sulaymon Dovudovich - Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi, Navoiy viloyati

Soloxiddinov Qobiljon Komil o‘g‘li - Yangi Namangan tumanidagi «Qobil Jiga servis» avtoservisi rahbari, Namangan viloyati

Nurmamatova Pokiza Akmaljon qizi - Pastdarg‘om tumanidagi «Kaja Games» milliy o‘yinlar startap loyihasi asoschisi, Samarqand viloyati

Raximberdiyev Temur Abbos o‘g‘li - Yangiyer shahridagi «Sesosino newenergy technology» xususiy korxonasi muhandis-texnologi, Sirdaryo viloyati

Abduxoliqov Akmal Qahramonovich - Angor tumanidagi «Aka-uka oltin yerlari» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Yunusova Ozoda Ulug‘bek qizi - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis boyitish fabrikasi yanchish va flotatsiyalash sexi flotatori, Toshkent viloyati

Odilov Hamidjon Valijon o‘g‘li - Farg‘ona shahridagi «TruDispatch» xususiy logistika korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Rahimova Sevinch Hamroyevna - Karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Xorazm viloyati

Mirfayzullayeva Azizaoy Maxmudjon qizi - Sergeli tumanidagi «Farog‘atli» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri

Aslonova Laylo Olimovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi

Mamasaidov Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘li - «Tahrirchi» sun’iy intellekt platformasi asoschisi

Mo‘ydinova Zilola Voxid qizi - Bojxona institutining bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Mustayeva Sabina Ruslanovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Safolov Firuzjon Rasuljonovich - «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-321» havo kemasi uchuvchisi

Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi - O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2-bosqich kursanti

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarni mukofotladi | Vaqt.uz