add

SSD oltindan ham qimmatlashdi: SI chiplar bozorini bo‘g‘moqda

Kecha 15:022 daqiqa

Sun’iy intellekt bumidan so‘ng katta hajmli SSD-disklar tanqis tovarga aylanib, og‘irligiga nisbatan oltindan ham qimmat bo‘lib ketdi.

SSD oltindan ham qimmatlashdi: SI chiplar bozorini bo‘g‘moqda

Komputer butlovchi qismlar bozorida kutilmagan paradoks kuzatilmoqda: yuqori tezlikdagi NVMe SSD-nakopitellar endi og‘irligiga nisbatan oltindan qimmat. SI infratuzilmaga bo‘lgan keskin talab sabab NAND-xotira chiplari tanqisligi yuzaga keldi va 4 hamda 8 TV hajmli disklar narxi tarixiy maksimumlarga chiqdi. Bu haqda «Tom’s Hardware» tahlilida qayd etildi.

Mutaxassislar M.2 formatidagi SSD-disklar vaznini oltin qiymati bilan solishtirdi. Masalan, radiatorsiz 8 TV NVMe disk o‘rtacha 8,2 gramm keladi. 2026 yil yanvar holatiga ko‘ra oltinning bir grammi taxminan 148 dollar turadi, ya’ni shu og‘irlikdagi oltin qiymati 1180 dollar atrofida. Ammo bozorda 8 TV SSD o‘rtacha 1450–1500 dollar oralig‘ida sotilmoqda. Shu tariqa, zamonaviy SSD rasman «oltindan qimmat» toifasiga kirdi.

Narxlar o‘sishining asosiy sababi — «kremniy ochko‘zligi». Yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish quvvatlarini SI-serverlar uchun chiplarga yo‘naltirmoqda. Natijada, iste’mol bozori uchun mo‘ljallangan NAND-xotira yetishmovchiligi kuchaydi. Ayniqsa, «Western Digital» va uning «SanDisk» brendi mahsulotlarida narxlar eng yuqori darajaga chiqdi.

«Samsung» va «Corsair» kabi raqobatchilar hozircha 4 TV tezkor modellarni 600–800 dollarlik diapazonida ushlab turibdi. Biroq omborlardagi eski zaxiralar tez tugayapti. «PCPartPicker» ma’lumotlari so‘nggi ikki oyda SSD narxlari deyarli tik o‘sganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislar ogohlantiradi: taqchillik yanada chuqurlashishi mumkin. Avvalo 4 TV disklar navbatda — ular ham yaqin oylarda oltinga tenglashishi ehtimol. Hatto arzonroq, past tezlikdagi modellar ham 500 dollar atrofida uzoq qolmasligi mumkin. Sun’iy intellekt inqilobi foydalanuvchilar uchun yangi hisob-kitoblarni majbur etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid