Tojikistonda oltin narxi bir oy ichida 14 foizga arzonlashdi

Bugun 07:553 daqiqa

Tojikiston Milliy banki oltin quymalari narxini keskin tushirdi. 100 grammlik oltin quymasi 137 ming somoniygacha arzonlashdi. Asosiy sabab — dollar va neftning kuchayishi.

Tojikistonda oltin narxi bir oy ichida 14 foizga arzonlashdi

Tojikiston Milliy banki mart oyi davomida oltin quymalari narxi o‘rtacha 14 foizga pasayganini ma’lum qildi. Agar 28-fevral holatiga ko‘ra 5 grammlik quyma 8 132 somoniy bo‘lgan bo‘lsa, 30-martga kelib uning narxi 7 003 somoniygacha tushdi. Ushbu dinamika barcha vazn toifalaridagi quymalarda kuzatilmoqda. Masalan, 100 grammlik eng yirik quyma bir oy ichida 160 254 somoniydan 137 669 somoniygacha arzonlashdi.

Iqtisodchi Farrux Nabiyevning fikricha, bu pasayish jahon bozoridagi global trendlar bilan bog‘liq.

«Odatda beqarorlik davrida oltinga qiziqish ortadi, ammo hozirgi vaziyat investorlar uchun oltinni arzonroq sotib olish uchun qulay imkoniyat bo‘lishi mumkin», — deydi ekspert.

Tojikiston Milliy banki quymalar narxini har kuni London mejbank fikssingi asosida belgilaydi va ularni sotib olishda aholi uchun hech qanday limit mavjud emas.

Qiziqarli jihati shundaki, oltin narxi 2025 yilda deyarli 40 foizga oshgan edi. Joriy yildagi pasayish esa investorlarning o‘z kapitalini energetika aktivlariga (neft) va kuchayib borayotgan AQSH dollariga yo‘naltirishi bilan izohlanmoqda. Neft narxining ko‘tarilishi inflatsiya kutilishlarini oshirib, dollarni mustahkamladi va oltinning «xavfsiz boshpana» sifatidagi jozibadorligini vaqtincha kamaytirdi.

 

Narxlarning qiyosiy jadvali

Quyida oltin quymalarining somoniy va o‘zbek so‘midagi (1 somoniy = 1273,94 so‘m kursi bo‘yicha) yangilangan narxlari keltirilgan:

Quyma vazni

Yangi narx (somoniy)

O‘zbek so‘mida

5 gramm

7 003,24

8 921 707 so‘m

10 gramm

13 884,56

17 688 096 so‘m

20 gramm

27 635,70

35 206 224 so‘m

50 gramm

68 872,19

87 739 038 so‘m

100 gramm

137 669,22

175 382 328 so‘m

 

Arzonlashishning asosiy sabablari

Tahlilchilar oltin narxining tushishini bir necha omillar bilan bog‘lashmoqda. Birinchidan, bu rekord darajadagi o‘sishdan keyingi tabiiy texnik korreksiyadir. Ikkinchidan, AQSH dollarining global miqyosda mustahkamlanishi oltinni investorlar ko‘zida kamroq daromadli aktivga aylantirdi.

Uchinchidan, Yaqin Sharqdagi mojaro fonida neft narxining keskin ko‘tarilishi sarmoyadorlarning diqqatini energetika sektoriga qaratdi. AQSH pul-kredit siyosatidagi kutishlar va dollar aktivlarining yuqori daromadliligi ham oltinga bo‘lgan talabni susaytirdi. Biroq mutaxassislar buni uzoq muddatli trendning o‘zgarishi emas, balki vaqtinchalik chekinish deb baholashmoqda.

 

Kelajakdagi istiqbollar va xavflar

Shunga qaramay, oltinni qo‘llab-quvvatlovchi fundamental omillar saqlanib qolmoqda. Dunyo markaziy banklari tomonidan oltinga bo‘lgan talab hamon tarixiy o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori. Geosiyosiy beqarorlik va oltinning himoya aktivi sifatidagi roli uzoq muddatli istiqbolda narxlarning qayta tiklanishiga zamin yaratadi.

Qisqa muddatli istiqbolda bozor beqaror bo‘lib qolishi mumkin, chunki oltin narxi AQSH FRT siyosati va spekulyativ omillarga o‘ta ta’sirchandir. Tojikiston Milliy banki quymalari mahalliy xom ashyodan tayyorlanishi ularning tannarxini xorijiy raqobatchilarga nisbatan barqaror saqlash imkonini beradi.

Quyida qadoqlangan oltinning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banki tomonidan belgilangan narxlarini taqqos uchun keltirmoqdamiz (30-mart holatiga)

olyin tojikiston 1

Teglar

Mavzuga oid