Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan 22-may kuni Toshkent shahrining qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
© vaqt.uz22-may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida soat 16:00 dan 21:00 gacha ayrim yo‘nalishlarda avtomobillar harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.
Xususan:
— Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
— KXAY–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;
— KXAY–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.
— Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
— Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan hududlarda harakat vaqtincha cheklanadi.


Mas’ullar haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish uchun oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishni so‘ramoqda.





