Xorijga ko‘chib ketayotgan o‘zbekistonliklar soni kamaymoqda

Bugun 11:551 daqiqa

2026 yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistondan doimiy yashash uchun xorijga ko‘chib ketganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga kamaydi.

Xorijga ko‘chib ketayotgan o‘zbekistonliklar soni kamaymoqda © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

2026 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistondan 2 277 nafar fuqaro doimiy yashash maqsadida xorijiy davlatlarga ko‘chib ketgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chib ketayotganlar ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga pasaygan. Doimiy yashash uchun mamlakatni tark etganlarning katta qismi qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri kelgan. Ayniqsa, ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qaysi davlatlar tanlanmoqda?

Statistikaga ko‘ra, doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlarning 80,6 foizi Qozog‘istonni tanlagan.

Shuningdek, Rossiya ulushi 16,4 foizni tashkil etgan.

Janubiy Koreya hissasiga 0,8 foiz, Qirg‘izistonga 0,7 foiz to‘g‘ri kelgan. Qolgan 1,5 foiz boshqa davlatlarga ko‘chib ketganlardan iborat.

Hududlar bo‘yicha farq

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan bo‘lib, 727 nafar kishi doimiy yashash uchun mamlakatni tark etgan.

Undan keyin Toshkent viloyatida 637 nafar va Navoiy viloyatida 511 nafar fuqaro xorijga ko‘chib ketgan. Shuningdek, Toshkent shahridan 243 nafar qayd etilgan.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar va Farg‘ona viloyatida 13 nafarni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid