Logo

Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar e’lon qilindi. Toshkent nechinchi o‘rinda?

Kecha 21:152 daqiqa

Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi yangilandi. Ketma-ket ikkinchi yil Kopengagen birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent esa Olmata va Bokudan ortda qoldi.

Yashash uchun eng yaxshi va yomon shaharlar e’lon qilindi. Toshkent nechinchi o‘rinda?

The Economist nashri 2026 yilda yashash uchun eng yaxshi va eng yomon shaharlarni o‘z ichiga olgan Economist Intelligence Unit reytingini e’lon qildi.

Reytingda dunyo bo‘ylab 173 ta shahar 5 ta asosiy mezon bo‘yicha baholandi: atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik va ta’lim.

Kopengagen shahri ketma-ket ikkinchi yil birinchi o‘rinni egalladi. Daniya poytaxti yillik ro‘yxatda bungacha uch yil qator birinchi o‘rinni egallab kelgan Avstriyaning Vena shahrini ortda qoldirdi.

1

Kopengagen 2025 yilgi reytingda yuqori sifatli infratuzilma, yuksak madaniy muhit, atrof-muhit farovonligi va davlat xizmatlarining a’lo ko‘rsatkichlari tufayli g‘olib bo‘ldi.

TOP 10 dan Avstraliyadan uchta, Shveysariya va Yaponiyadan ikkita shahar joy oldi. Osiyo shaharlarining 2025 yilgi ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshilangan.

Toshkent shahri esa reytingda 173 ta shahar orasida 157-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston poytaxti Olmata va Bokudan ortda qolgan.

Reytingning eng quyi pog‘onasidan Suriyaning Damashq shahri joy oldi. Undan keyingi o‘rinlarni Tripoli, Dakka, Karachi va Jazoir egallagan. Urushlar, siyosiy beqarorlik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar ushbu shaharlarning past baholanishiga asosiy sabab bo‘lgan.

Joriy yilda Yaqin Sharq shaharlari reytingda eng katta pasayishni qayd etdi. Mintaqadagi harbiy keskinlik sabab Maskat 14 pog‘ona, Doha 7 pog‘ona pastladi. Dubay va Abu-Dabi ham avvalgi yilga nisbatan to‘rt pog‘onadan yo‘qotdi.

Bunga qarama-qarshi ravishda Xitoy shaharlari reytingdagi eng katta o‘sishni namoyish etdi. Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimiga kiritilgan investitsiyalar va tibbiy xizmatlar qamrovining kengayishi natijasida barcha Xitoy shaharlarining baholari yaxshilangan.

Teglar

Mavzuga oid