add

Yevropada tirbandlikka qarshi yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda

Bugun 15:352011 daqiqa

Yevropada to‘rtburchak ko‘k fonda romb shakli tushirilgan yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad — tirbandlikni kamaytirish va ekologik samarani kuchaytirish.

Yevropada tirbandlikka qarshi yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda

Yevropa yo‘l infratuzilmasida yangi turdagi belgilar paydo bo‘lmoqda. Ko‘k fonga oq romb shakli tushirilgan ushbu belgi xorijda, xususan AQSHda qo‘llanilayotgan modeldan olingan bo‘lib, yangi tartib tirbandlikni qisqartirish va yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur belgi tushirilgan yo‘lak (polosa) faqat belgilangan turdagi avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Jumladan, jamoat transporti, taksi, elektr avtomobillari va kamida ikki nafar yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtomobillar ushbu belgi o‘rnatilgan yo‘l bo‘lagidan foydalanishi mumkin.

Belgi orqali ko‘zlangan maqsad — bir avtomobilda ko‘proq odam tashishni rag‘batlantirish, shu orqali tirbandlikni kamaytirish, yonilg‘i sarfini qisqartirish va ekologik yuklamani pasaytirishdir.

Yevropada yangi yo‘l belgisini eng faol joriy etayotgan mamlakatlardan biri — Fransiya. Grenobl, Lion va Strasburg shaharlarida o‘tkazilgan pilot loyihalar natijali bo‘lganidan so‘ng belgi butun mamlakatda keng qo‘llana boshladi. Keyinchalik Germaniya, Ispaniya va bir qator boshqa Yevropa davlatlarida ham belgi joriy qilinayotgani kuzatilmoqda.

Ekspertlar ta’kidlashicha, bu belgining samarali ishlashi yo‘llar infratuzilmasiga bevosita bog‘liq. Har bir tasmaning o‘lchami, ajratilishi, kamerali nazorat va harakat intensivligi kabi omillar infratuzilmadan yuqori talab qiladi. Shu sababli bu amaliyotni joriy qilish har bir mamlakatda alohida texnik va huquqiy tayyorgarlikni talab etadi.

Teglar

Mavzuga oid