Yil boshidan buyon ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 65 trln so‘mdan oshdi
Moliyaviy xizmatlarning qariyb 58 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
© Istimoiy tarmoqlarMilliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida respublikada ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 65,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida moliyaviy xizmatlar hajmi bo‘yicha poytaxt Toshkent shahri yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham ushbu sohaga bo‘lgan talab ancha yuqori.
Hududlar kesimida ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi (reyting): Toshkent shahri — 38 trln
Farg‘ona viloyati — 3,4 trln
Andijon viloyati — 2,9 trln
Toshkent viloyati — 2,8 trln
Samarqand viloyati — 2,7 trln
Qashqadaryo viloyati — 2,2 trln
Buxoro viloyati — 2 trln
Xorazm viloyati — 1,9 trln
Surxondaryo viloyati — 1,9 trln
Namangan viloyati — 1,9 trln
Qoraqalpog‘iston Resp. — 1,6 trln
Jizzax viloyati — 1,6 trln
Navoiy viloyati — 1,5 trln
Sirdaryo viloyati — 1 trln
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy xizmatlarning qariyb 58 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, u yerda xizmatlar hajmi 1 trln so‘mni tashkil etgan.





