Logo

Alkogolli ichimliklarni reklama qilgan bloger javobgarlikka tortildi

Kecha 10:241 daqiqa

Raqobat qo‘mitasi alkogolli ichimliklarni reklama qilgan blogerga nisbatan ma’muriy chora ko‘rib, ish bo‘yicha hujjatlarni sudga yubordi.

Alkogolli ichimliklarni reklama qilgan bloger javobgarlikka tortildi © ncl.ac.uk

Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan reklama materiallarining qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish davomida bloger N.Sobirovga tegishli sahifada alkogolli ichimlik reklamasi joylashtirilganini aniqladi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bloger o‘z sahifasida qonunchilik bilan reklama qilinishi taqiqlangan mahsulotlarni targ‘ib qilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan.

Qonunchilikda faqat pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni belgilangan vaqt, shakl hamda auditoriyaga oid cheklovlarga rioya qilingan holda reklama qilishga ruxsat berilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimliklar reklamasini har qanday shaklda tarqatish taqiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganligi uchun bloger N.Sobirovni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortib, tegishli hujjatlarni sudga yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi moliyaviy xizmatlar reklamasida qonun talablarini buzgan 20 dan ortiq tijorat banki va mikromoliya tashkilotiga moliyaviy jarima qo‘llagani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid