Logo

O‘zbekiston FIFA reytingida 10 pog‘ona pastladi

Bugun 20:282 daqiqa

Jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 60-o‘ringa tushib ketdi.

O‘zbekiston FIFA reytingida 10 pog‘ona pastladi © ufa

2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA reytingidagi o‘rni pasaydi.

Tashkilotning onlayn reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 50-o‘rindan 60-o‘ringa tushib ketgan. Terma jamoa qariyb 49 reyting ochko yo‘qotgan va hozirda 1409,73 ballga ega.

rasm


O‘zbekiston terma jamoasi bunday natija bilan Saudiya Arabistoni va Qatardan keyingi pog‘onadan joy olgan.

FIFAning joriy onlayn reytingida Argentina 1907,40 ball bilan peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikni esa Fransiya va Ispaniya terma jamoalari egallab turibdi.

Omadsiz debyut

Reytingdagi pasayish O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokidan keyin kuzatildi.

Terma jamoa K guruhida uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakat Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston ikki gol urdi, o‘z darvozasidan esa 11 ta to‘p o‘tkazib yubordi. Jamoa guruhda oxirgi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

Reyting hali rasmiy emas

E’lon qilingan ko‘rsatkichlar FIFAning onlayn hisob-kitoblariga asoslangan bo‘lib, hozircha dastlabki reyting hisoblanadi.

FIFA reytingining navbatdagi rasmiy yangilanishi 20-iyul kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Shunga qadar jamoalarning amaldagi o‘rinlari o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoaning rossiyalik sobiq murabbiyi Valeriy Nepomnyashi Jahon chempionatida O‘zbekiston termasini Temur Kapadze boshqarishi kerak bo‘lganligini, Fabio Kanavvaro esa futbolchilarning salohiyatini to‘g‘ri baholay olmaganini aytgan edi.

Teglar

Mavzuga oid