Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi
Shu munosabat bilan u ayni paytgacha egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Sardor O‘ktamovich Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston rahbarining tegishli farmoni imzolandi.
Shu munosabat bilan Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi.
Qolaversa, davlat boshlig‘ining yana bir farmoni bilan Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi.