Logo

«O‘zbekiston yoshlar ligasi» platformasi ishga tushiriladi

Бугун 17:401 дақиқа

Yuqori ball to‘plagan yoshlarga ta’lim, tadbirkorlik, ish faoliyati va uy-joy masalalarida qator imtiyozlar beriladi.

«O‘zbekiston yoshlar ligasi» platformasi ishga tushiriladi © Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda «O‘zbekiston yoshlar ligasi» platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda 30-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvida ma’lum qildi.

Yangi tizimga ko‘ra, yoshlar o‘z yutuq va natijalarini platformaga joylashtiradi. Ushbu ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘rganilib, ishtirokchilarga maxsus ball beriladi.

Yuqori natija qayd etgan yoshlarga ta’lim grantlari, kontrakt to‘lovlari uchun chegirmalar, «kasb vaucheri», xorijda ta’lim olish xarajatlarini qoplash kabi imkoniyatlar taqdim etiladi. 

Qo‘shimcha imtiyozlar

Shuningdek, ularga imtiyozli tadbirkorlik kreditlari, akselerator dasturlarida ishtirok etish, xorijiy stajirovka o‘tash, davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasiga kiritilish hamda uy-joy xarid qilish uchun imtiyozli ipoteka ajratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, yil yakunida eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali ravishda taqdirlanadi.

Prezidentning ta’kidlashicha, «O‘zbekiston yoshlar ligasi” maktab va texnikum o‘quvchilari, mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yoshlar, davlat va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan yigit-qizlar hamda xorijdagi vatandoshlar farzandlarini birlashtiradigan umumxalq harakatiga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarni mukofotlash bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilingandi.

Теглар

Мавзуга оид

«O‘zbekiston yoshlar ligasi» platformasi ishga tushiriladi | Vaqt.uz