Logo

Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Бугун 13:081 дақиқа

U tayinlovga qadar O‘zbekiston prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi edi.

Sardor Umrzoqov yangi lavozimga tayinlandi

Sardor O‘ktamovich Umrzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston rahbarining tegishli farmoni imzolandi. 

Shu munosabat bilan Umrzoqov 2025-yil iyuldan beri ishlab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi. 

Qolaversa, davlat boshlig‘ining yana bir farmoni bilan Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Sardor Umrzoqov 1977-yil 23-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

Umrzoqov 2019-yil 28-yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, 2022-yilning 16-iyul kuni Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan.

2023-yil avgustda esa prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Теглар