
Tramp sud bilan tahdid qilib videomontaj uchun BBCni uzr so‘rata oldi
Buyuk Britaniyaning yirik mediaxoldingi go‘yoki Tramp og‘zidan yangragan Kapitoliyni shturm qilish haqida montaj qilingan bayonot bo‘yicha xatosini tan oldi.

Buyuk Britaniyaning BBC teleradiokorporatsiyasi AQSH prezidenti Donald Trampdan rasman uzr so‘radi. Uzrnoma BBCʼning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Uzrxohlikka olib kelgan sabab — 2024 yilda efirga uzatilgan «Panorama» dasturi epizodi orqali Tramp Kapitoliy shturmiga da’vat qilgandek ko‘rsatilgani bo‘ldi. Korporatsiya ushbu tahrir so‘zlar ketma-ketligini to‘g‘ri aks ettirmaganini tan olgan, biroq tovon puli to‘lashdan bosh tortgan.
BBCʼning rasmiy bayonotiga ko‘ra, 2021 yil 6-yanvarda Tramp tomonidan aytilgan so‘zlar turli vaqtlarda bo‘lganiga qaramay, efirda ularni ketma-ket montaj qilish orqali noto‘g‘ri manzara yaratilgan. Jumladan, Trampning «Biz Kapitoliyga boramiz va senatorlarimizni kutib olamiz» degan so‘zi va 50 daqiqa o‘tib aytgan «Biz kurashamiz. Jiddiy kurashamiz» degan gaplari bitta ifodaga birlashtirilgan.
Dastur AQSHdagi saylovlardan bir hafta oldin namoyish etilgan va jiddiy tanqidlarga sabab bo‘lgan. Trampning advokatlari 1 mlrd dollarlik da’vo bilan tahdid qilgan, javob tariqasida kechirim va efir orqali raddiya berishni talab qilgan.
Mediashirkat rahbari Samir Shoh Oq uyga shaxsan maktub yo‘llab, sodir bo‘lgan holat uchun afsus bildirgan. Shu bilan birga, BBC bosh direktori Tim Deyvi va ijrochi direktor Debora Terness 9-noyabr kuni iste’foga чиққанини e’lon qilgan.
BBC o‘z izohida montaj shakli bo‘yicha afsusda ekani, lekin bo‘hton to‘g‘risidagi da’vo miqdoridan keskin norozi ekanligini bilddirgan.




