Logo

«Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Bugun 11:061 daqiqa

«Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Oybek Vohidovning vakolatlari tugatildi. U 2024 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

«Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi

«Biznesni rivojlantirish banki» kuzatuv kengashi 20-noyabrda Oybek Roziqovich Vohidovning boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatidagi vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda 27-noyabrda Korporativ axborot yagona portalida (openinfo.uz) e’lon qilindi.

Oybek Vohidov bu vazifada 2024-yildan buyon ishlab kelayotgandi. Hujjatda qarorning sababi ham, lavozimga kim tayinlangani ham ko‘rsatilmagan.

Oybek Vohidov 1980-yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishida tahsil olgan, bank sohasidagi faoliyatini 2001-yilda boshlagan. U 2001–2023-yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tizimida turli lavozimlarda, xususan, 2015–2023-yillarda departament direktori — bank bosh buxgalteri lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yilning noyabr oyidan «Biznesni rivojlantirish banki» moliya bosh direktori lavozimida ish boshlagandi.

Bundan oldin, 12-oktabrda yana bir boshqaruv raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov ham lavozimidan ozod qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Asia Alliance Bank» boshqaruvida muhim tayinlovlar amalga oshirilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

«Biznesni rivojlantirish banki» boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi | Vaqt.uz