JCH-2026. Niderlandiya Tunisni mag‘lub etib guruhda birinchi bo‘ldi, Yaponiya va Shvetsiya ham pley-offda
1/16 finalga chiqqan yana uch jamoa ma’lum bo‘ldi.

Jahon chempionatida F guruhi so‘nggi turida Niderlandiya (7) Tunisni (0) ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqdi.
Yaponiya (5) Shvetsiyaga (4) qarshi durang qayd etib, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Skandinaviyaliklar esa eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida 1/16 finalda qatnashadigan bo‘ldi.
JCH-2026. F guruhi. 3-tur. 25-iyun
Tunis — Niderlandiya 1:3
Gollar: Masturi (54) — Sxiri (3, avtogol), Brobbi (7), van Hekke (62).
Tunis — Damen, Valeri, Talbi, Sxiri, Bin Hamida (Bin Uanes, 68), Abdi, Slimane (Ashuri, 68), G‘arbi (Shauat, 75), Xedira (Belhaj, 67), Mejbri, Masturi (Tunekti, 90+1).
Niderlandiya — Verbryuggen, Dumfris, van Hekke, van Deyk, Ake, Gravenberh, de Yong (Kopmeyners, 72), Reynders (Klyuyvert, 72), Malen (Sammervill, 72), Gakpo (Lang, 84), Brobbi (Depay, 78).
Yaponiya — Shvetsiya 1:1
Gollar: Maeda (56) — Elanga (62).
Yaponiya — Suzuki, Seko (Vatanabe, 75), Itakura (Taniguti, 39), Ito, Sugavara, Tanaka, Kamada, Nakamura (Nagatomo, 75), Doan (Dzyunya, 67), Maeda, Ueda (Ogava, 68).
Shvetsiya — Zetterstrom, Lagerbiyelke, Hin (Bergvall, 37), Gulmundsson (Nyugren, 88), Bernhardsson (Svensson, 75), Lindelyof (Starfelt, 87), Ayyari, Straud (Sema, 75), Elanga, Isak, Gokeresh.
Ogohlantirishlar: Hin (32), Taniguti (77), Gokeresh (85).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





