Logo

Qozog‘iston Yevropaga strategik minerallar yetkazib berishni kengaytirmoqchi

Bugun 19:292 daqiqa

Qozog‘iston Yevropa Ittifoqiga strategik minerallar eksportini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning ta’kidlashicha, mamlakat muhim xomashyo resurslari bo‘yicha Yevropaning ishonchli hamkoriga aylanishi va investitsiyalarni jalb etishi mumkin.

Qozog‘iston Yevropaga strategik minerallar yetkazib berishni kengaytirmoqchi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat Yevropa Ittifoqi uchun muhim xomashyo resurslari bo‘yicha ishonchli hamkor bo‘lishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Qozog‘iston YI ro‘yxatiga kiritilgan 34 ta strategik mineralning 21 turini yetkazib berishi mumkin.

Uning ta’kidlashicha, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish maqsadida «offteyk» modeli asosidagi hamkorlik taklif etilmoqda. Bu yondashuv mamlakatda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, hamkorlik doirasida noyob yer metallari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezidentning qayd etishicha, Qozog‘iston global energetika transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Mamlakat dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchi davlat bo‘lib, jahon talabining qariyb 40 foizini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Qozog‘istonda «yashil» vodorod ishlab chiqarish loyihalari rivojlantirilmoqda, shuningdek, litiy, nikel, vanadiy va kobaltning yirik zaxiralari mavjud. To‘qayev Yevropaga «strategik resurslardan foydalanish imkoniyati evaziga investitsiyalar va texnologiyalar» tamoyiliga asoslangan hamkorlik formulasini taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Yevropa Ittifoqining energiya xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda. O‘tgan yili Yevropa bozoriga yetkazib berilgan xom neft hajmining qariyb 13 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston energiya resurslari eksportini kengaytirish va mintaqaviy energetik xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

To‘qayevning ta’kidlashicha, Kaspiy quvur konsorsiumining barqaror va ishonchli faoliyatini ta’minlash mamlakat uchun ustuvor strategik vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid