Logo

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlat mahsulotlarini xarid qilmoqda?

Bugun 10:191 daqiqa

2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,7 foizga ko‘p.

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlat mahsulotlarini xarid qilmoqda? © news.finance.ua

2026 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston chet eldan 16,4 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida O‘zbekiston 150 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan. Mamlakat importida eng katta ulushni Xitoy va Rossiya egallagan.

Dastlabki to‘rt oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston importidagi TOP-10 davlat quyidagicha shakllangan:

Xitoy — 5,3 mlrd dollar;

Rossiya — 3,1 mlrd dollar;

Qozog‘iston — 1,4 mlrd dollar;

Koreya Respublikasi — 620,9 mln dollar;

Turkiya — 559,2 mln dollar;

Hindiston — 369,7 mln dollar;

Birlashgan Arab Amirliklari — 361,1 mln dollar;

Germaniya — 359,2 mln dollar;

Belarus — 274,8 mln dollar;

Turkmaniston — 262,2 mln dollar.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari hisoblanadi. O‘tgan to‘rt oy ichida ham eng yirik eksport hajmi shu ikki davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlat mahsulotlarini xarid qilmoqda? | Vaqt.uz