Qirg‘iziston iqtisodiyoti 12,2 foizga o‘sdi
Bank tahlilchilarining qayd etishicha, iqtisodiy o‘sishda asosiy hissa qurilish sektoriga to‘g‘ri keladi.
«Кабар» ахборот агентлиги | © «Кабар» ахборот агентлигиQirg‘iziston iqtisodiyoti 2026 yilning yanvar–may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,2 foizga o‘sdi. Bu haqda Yevroosiyo taraqqiyot bankining makroiqtisodiy sharhida ma’lum qilindi.
Bank tahlilchilarining qayd etishicha, iqtisodiy o‘sishda asosiy hissa qurilish sektoriga to‘g‘ri keladi. Bunga “Mening uyim” davlat dasturining amalga oshirilishi, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar qurilishi hamda bir qator kichik gidroelektr stansiyalarining ishga tushirilishi ham sabab bo‘lgan.
Yevroosiyo taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, 2026 yil oxirigacha Qirg‘iziston iqtisodiyoti asosan ichki o‘sish omillariga tayanishda davom etadi. Shuningdek, yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish sur’ati 10 foizdan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.





