Logo

JCH-2026. Shveysariya va Kanada pley-offga yo‘l oldi, Qatar mundial bilan xayrlashdi

Bugun 02:041 daqiqa

3-tur o‘yinlari boshlandi.

JCH-2026. Shveysariya va Kanada pley-offga yo‘l oldi, Qatar mundial bilan xayrlashdi

Jahon chempionatida 3-tur o‘yinlari boshlandi.

B guruhining so‘nggi turida Shveysariya (7) Kanada (4) ustidan g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Mezbonlar 2-o‘rin bilan 1/16 finalga chiqishdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Qatar (1) Bosniyaga (4) yutqazib, turnir bilan xayrlashdi. Bosniyaliklar esa eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida pley-offga chiqish uchun yaxsht imkoniyatga ega bo‘lishdi.

JCH-2026. B guruhi. 3-tur. 24-iyun
Shveysariya — Kanada 2:1

Gollar: Vargas (46), Manzambi (57) — Promis (76).
Shveysariya — Kobel, Jake (Vidmer, 74), Elvedi, Akanji, Rodriges, Froyler, Jaka, Manzambi (Fassnaht, 85), Sou (Ebisher, 74), Vargas (Ndoye, 80), Embolo (Itten, 85).
Kanada — Krepo, Jonston, de Fugerolles, Kornelius, Lareyya (Shaffelburg, 83), Byukenen (Promis, 75), Shuaniyer (Eushtakiu, 58), Saliba, Ahmad (Millar, 58), Devid, Larin (Oluvaseyi, 58).
Ogohlantirishlar: Larin (32), Jaka (32), Millar (87).

Bosniya va Hersegovina — Qatar 3:1
Gollar:
Alaybegovich (29), Abunada (32, avtogol), Mahmich (80) — Al Haydos (42).
Bosniya va Hersegovina — Vasil, Radelich, Katich (Hajikadunich, 63), Malich (Memich, 46), Kolashinats, Bayraktarevich, Shunich (Tahirovich, 46), Bashich, Alaybegovich (Burnits, 82), Demirovich, Jeko (Mahmich, 64).
Qatar — Abunada, Pedro, Huhi, Laye, Al Burayk, Abdulsalom (Xatim, 46), Fathi (Al Mannai, 79), Budiaf (Almoaz, 72), Al Haydos (Al Ganehi, 56), Edmilson (Alaldin, 79), Afif.
Ogohlantirishlar: Fathi (78), Mahmich (82).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid

JCH-2026. Shveysariya va Kanada pley-offga yo‘l oldi, Qatar mundial bilan xayrlashdi | Vaqt.uz