Rossiya nega ittifoqchisi bo‘lgan Eronga yordam bermadi?
Tehron bilan strategik hamkorlikka qaramay, Rossiya Eronga qarshi urushda amalda hech qanday yordam ko‘rsatmadi. Bu esa Kremlning global ta’siri haqidagi bahslarni yanada kuchaytirdi. Ayni paytda Yaqin Sharqdagi urush Rossiyaga iqtisodiy va strategik afzalliklarni ham berdi.

AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushlari, garchand Rossiya chegaralaridan ancha uzoqda bo‘lsa ham, Moskvani murakkab vaziyatga qo‘ydi. Bir tomondan, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar G‘arb davlatlarini Ukrainadagi voqealardan va resurslaridan chalg‘itadi. Ikkinchi tomondan, Vladimir Putin oyatulloh Ali Xomanaiy kabi ittifoqchisini yo‘qotdi va hozircha o‘zining asosiy hamkori Теҳронni Donald Tramp bilan kelishmovchilikka yo‘l qo‘ymaslikni istab, faqat ehtiyotkor bayonotlar bilan qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi «BBC».
«Moskva kuchsiz bo‘lib chiqdi»
«Eron masalasiga kelsak, bizda Eron bilan faqat ittifoqchilik munosabatlari mavjud», – деgaн edi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024-yil oktabr oyida BRICS sammitida.
O‘shanda Теҳрон aynan shu yil rasman bu davlatlar klubiga qo‘shildi, uni Rossiya ko‘p yillar davomida G‘arb birlashmalarining alternativasi sifatida tavsiflab kelgan edi.
Bir necha oydan so‘ng Putin va Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Kremlda katta marosim bilan «ko‘p tomonlama strategik hamkorlik» to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekdi. G‘arb esa mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning, ayniqsa harbiy sohadagi hamkorlikning kuchayayotganiga tobora xavotir bilan qaradi. G‘arb siyosatchilari Moskva va Tehron ittifoqini deyarli yangi «yovuzlik o‘qi» deb atay boshladi.
Biroq ikki davlatning hamkorligi Eron uchun hal qiluvchi ahamiyatli pallada Moskva yordam berishi uchun yetarlicha mustahkam emas ekani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yozda Isroil va AQSH Eronning harbiy obyektlariga zarba berganida (hozirgi kunda bu mojaro 12 kunlik urush deb ataladi), Rossiya Теҳронni faqat og‘zaki qo‘llab-quvvatladi.
Shu holat bu safar ham takrorlandi. 28-fevral kuni Yaqin Sharqda katta urush boshlangach, Kreml AQSH va Isroil harakatlarini keskin tanqid qildi, lekin voqealarga aralashmadi. Vladimir Putin oliy rahbar Ali Xomanaiyni o‘ldirishni tanqid qildi, ammo uning telegrammasida bu ish uchun javobgarlar ochiq keltirilmagan ham.
Rossiyaning ittifoqchisi bilan bog‘liq muammolarga nisbatan ushbu ehtiyotkor reaksiyasining kengroq konteksti ham bor. 2024-yil dekabr oyida Moskva Suriya diktatori Bashar Asadning rejimini ag‘darilishini ham shuнчаки betaraf kuzatgan edi. Atigi bir necha oy oldin Moskva uchun uzoq yillar davomidagi ittifoqchi bo‘lgan Venesuela rahbari Nikolas Maduro AQSH harbiylari tomonidan qo‘lga olingan va AQSHga olib ketilgan edi. Bu ham ommaviy axborot vositalari va kuzatuvchilarga yana bir bor shunday savol tug‘dirdi: Rossiya bilan hamkorlikning o‘zi nimaga arziydi?
«Ukrainaga bosqinchilik boshlanganidan so‘ng Moskva yangi dunyo tartibini shakllantirish haqida gapirib, Global Janub mamlakatlarida o‘z ta’sirini kuchaytirishga urindi», – deydi «NEST Centre» eksperti, sharqshunos Ruslan Suлаймонов.
Uning фикрича, Venesuelada va keyin Eronda ro‘y bergan voqealar Kreml ideologiyasiga zarba hisoblanadi:
«Chunki so‘zda Moskva Global Janub mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlashni istaydi, lekin amalda AQSH kabi «yomon G‘arb» oldida kuchsizligi ma’lum bo‘lib, ular do‘st rahbarlarni o‘g‘irlab ketishi yoki hatto o‘ldirishi mumkin».
Amerika Ommaviy қирғин qurolлари tarqalishini oldini olish masalalari tadqiqot markazi Евросиё dasturi direktori Hanna Notteniнг фикрича, Erondagi voqealar bir tomondan Rossiyani unchalik ma’qul ko‘rinmaydigan holatga қўйgaн:
«Rossiya urushni to‘xtatish uchun hech narsa qila olmadi. Tramp esa xohlaganini qiladi. Bir ma’noda Rossiya kuchsiz ko‘rinmoqda».
Biroq, Nottega кўра, bu Rossiyaning ittifoqchilari orasida obro‘sini dramatik ravishda pasaytirmaydi.
«Global Janubda, Ғарбга kirmagan dunyoda, Rossiya faqat Ukrainaga qarshi urush olib borayotgan davlat sifatida emas, balki kollektiv G‘arbga qarshi kurashayotgan davlat sifatida qabul qilinadi. Va bu, menimcha, Rossiyani yanada hurmat bilan baholashga olib keladi: boshqalar uning imkoniyatlari cheklanganini tushunadi», – deydi Notte.
Shuningdek, Notteniнг айтishича, Rossiyadan harbiy yordam kutuvchi mamlakatlar, masalan, Mali, Burkina-Faso va Niger Afrikada ko‘pincha boshqa alternativaga ega emas.
«Endilikda ular Rossiyadan uзилаdiми? Men бundaй ўйламайман. Lekin shu bilan birga, menimcha, hamma tushunadiki, Rossiya ham jiddiy inqirozga kelganda «majruh ritsar» sifatida harakat qilmaydi», – deydi Notte.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Rossiya Eronga hujumlarni tanqid qilgan va harbiy sanoat sohasida hamkorlik qilgan bo‘lsa-da, Tehronga urushda yonib ishtirok etishni va’da qilmagan. Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvda o‘zaro himoya qilish haqida moddalar yo‘q.
«Yagona majburiyat – urush bo‘lsa dushman tomonidan bo‘lmaslik. Bu, albatta, harbiy ittifoq emas. Bu, masalan, Rossiya va Shimoliy Koreya orasida kuzatiladigan holatdan ancha uzoq», – deydi Ruslan Suлайманов.
«Эрон bilan situativ sheriklik»
Fevral oyida Eronga zarba beriлишиdaн oldin OAV va kuzatuvchilar Rossiyaning Теҳронga harbiy ta’minotni kuchaytirganiga e’tibor qaratdi: Eron ta’lim va jang uchoqlari, bronetexnika, zarba vertolyotlari va hatto zenit ракета kompleksi kabi qurollarga ega bo‘ldi. Mamlakatlar kosmos va yadro texnologiyalari sohasida ochiq hamkorlik qilgan. Rossiya Eronda AES qurgan va eronlik yadro olimlari, «Financial Times» ma’lumotiga ko‘ra, maxfiy ravishda Moskvani tashrif buyurgan.
Notteniнг фикрича, Eron Rossiyadan himoya qila oladigan yoki shunga o‘xshash urushni to‘sadigan qurollar so‘raganini unutmaslik kerak.
«Masalan, zamonaviy havo mudofaa tizimlari yoki Su-35 kabi zamonaviy uchoqlar. Bu Rossiya va Eron munosabatlarida uzoq muddatli, doimiy masala. Va biz Rossiyaning bunday tizimlarni taqdim etishini ko‘rmadik», – deydi Notte.
Sharqshunos Ruslan Suлайманов esa икки mamlakat munosabatlarida boshqa ёриқлар ham bo‘lganиni aytadi. Masalan, Rossiya Eronni BAA bilan hududiy bahsda qo‘llab-quvvatlamagan. Теҳрон va Abu Dabi bir necha yildan buyon Fors ko‘rfazidagi Abu Musa, Katta va Kichik Tunb orollari uchun bahs olib bormoqda (rasman ular Eron nazoratida). Rossiya «diplomatik yechim»ga чақирgaн, bu Эрон taрафиniнг норозилигиga sabab bo‘lgan.
Теҳрон esa o‘z navbatida «Ukraina hududiy yaxlitligini» qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida bayonot bergan. Shu sababli Rossiya va Eronning harbiy va iqtisodiy hamkorligini ko‘proq «situativ sheriklik» sifatida baholash kerak, xulosa qiladi Suлайманов.
«Sciences Po» universiteti Xalqaro tadqiqotlar markazi xodimi, Rossiya va Eron munosabatlari bo‘yicha mutaxassis Nikol Grayevski Rossiyada har doim Eronni qo‘llab-quvvatlashda «qizil chiziqlar» bo‘lganиni aytadi. Uning фикрича, Ukraina urushi fonida Rossiya va Eronning harbiy hamkorligi ko‘p kuzatuvchilarda mamlakatlarning yaqinligini oshirib baholashga sabab bo‘lgan.
«Rossiya va Eron Сuрияda birga urushgan – Eron Rossiyadan ko‘p narsani o‘rgangan. «Shaxed» dronlarini birga ishlab chiqarish – muhim lahza, Eron uchun juda foydali. Rossiya Эрон tizimlarining ba’zilarini modernizatsiya qilgan. Lekin bu mustahkam ittifoq emas. Menimcha, biroz tushunmovchilik bor. Mamlakatga qurol yetkazish, lekin urushda uning tarafida ishtirok etish majburiyati bo‘lmasligi mumkin», – deydi Grayevski.
«Reuters» ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yozdagi 12 kunlik urush davomida Eron ҳuкuмати Rossiya qo‘llab-quvvatlashining darajasidan «ta’sirlanmagan». Agentlik yozishicha, janglar avjiga chiqqan paytda Moskvaga kelgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Ароқчи Vladimir Putinga оятuллоҳ Homanaiyning maktubini yetkazishi kerak bo‘lgan: u go‘yo Tehronni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishni so‘ragan.
Kreml o‘shanda Eron tomoni hech qanday yozma hujjat topshirmaganini aytgan, garchi «ayrim ishoralar» bo‘lganini tan olgan. Moskva yetarli qo‘llab-quvvatlamadi, degan ayblovlarni rad etdi: Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Eronni o‘zining «aniq pozitsiyasi» bilan qo‘llab-quvvatlaganini bildirgan.
Hozir Moskva urush ishtirokchilariga vositachilik xizmatlarini taklif qilmoqda, ammo hozircha hech kim bundan foydalangani yo‘q. Ilgari Rossiya mintaqaning barcha davlatlari (Isroil va Erondan tortib Fors ko‘rfazi mamlakatlarigacha) bilan mustahkam munosabatlarga egaligi bilan maqtana olardi. Ammo Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin bu muvozanat o‘zgara boshladi.
Kreml Eron va uning proksi kuchlari (masalan, G‘azodagi HAMAS guruhi va Livandagi «Hizbulloh») bilan hamkorlikni kuchaytirdi, bu esa Isroil bilan munosabatlarni ancha yomonlashtirdi. Endi Rossiyaning mintaqadagi voqealarga ta’sir o‘tkazishi ancha qiyinlashgan. Nikol Grayevskiniнг aytishicha, Moskva «neytral vositachi» sifatidagi imijini yo‘qotgan.
«Bir vaqtlar Kreml, balki, vositachi sifatida chiqishi mumkin edi. Ayniqsa 2015-yilda Suriyadagi kampaniya boshlanganidan keyin Moskva mintaqaviy kun tartibiga ta’sir o‘tkaza olardi. Eslab ko‘ring, Rossiya va AQSH o‘rtasida qancha muzokaralar bo‘lgan. Hozir esa bunday holatni tasavvur qilishning o‘zi qiyin. O‘tgan yili Sharm ал-Shayxda o‘tgan tinchlik sammitida, unda qariyb 30 ta davlat vakillari ishtirok etib, G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuv imzolanganida, Rossiya hatto taklif ham qilinmagani juda ko‘rsatkichli holat edi», – deydi sharqshunos Ruslan Suлаймонов.
BBC suhbatdoshlariga tayanib yozishicha, Rossiyaning Erondagi urushga aralashmaganining asosiy sabablaridan biri Moskva uchun ancha muhim savdo hamkorlari bo‘lgan Fors ko‘rfazi monarxiyalari bilan munosabatlarni buzishni istamaslikdir. Bu davlatlar Eron hujumlariga duch kelmoqda. Shuningdek, Rossiya AQSH prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlarni ham yomonlashtirishni istamaydi.
Ruslan Suлаймоновniнг aytishicha, қайсиdiр tomonni tanlash zarurati Kremlni «noqulay vaziyat»ga qo‘yadi:
«Ammo asosiysi shundaki, Putin o‘z hamkorlariga yordam bera olmasligini va kuchsizligini namoyon qilmoqda. Garchi unda bunday majburiyat bo‘lmasa ham, tashqi tomondan bu G‘arb oldida mutlaqo ojizdek ko‘rinishga olib keladi».
«Ro‘y berayotgan voqealar Rossiyaning barcha xavotirlarini tasdiqlamoqda»
Tehronni qo‘llab-quvvatlash Kreml uchun Vashington bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga kirishni ham anglatgan bo‘lar edi. Moskva esa Ukrainadagi urush masalasida AQSHni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilmoqda. So‘nggi bir necha oy ichida Donald Tramp ma’muriyati Kreml va Kiyev o‘rtasida vositachi sifatida harakat qilmoqda. Hali katta yutuqqa erishilmagan bo‘lsa-da, bu vaqt davomida Vladimir Putin ataylab Tramp va AQSHga nisbatan har qanday keskin tanqiddan tiyilib kelmoqda – bunday tanqidlar asosan TIV va quyiroq darajadagi amaldorlar zimmasiga yuklatilgan.
Ekspertlar fikricha, Erondagi urush va uning yetakchisining жисмонан yo‘q qilinishi ehtimol Ukrainadagi urushning tugashini yanada kechiktiradi, Rossiya tashqi siyosatini yana ham tajovuzkorroq qiladi va Kremlning G‘arbga nisbatan ishonchsizligini yanada kuchaytiradi.
«Ro‘y berayotgan voqealar Rossiyaning «rangli inqiloblar» davridan va AQSHning Eronga qarshi urushi davridan beri mavjud bo‘lgan barcha xavotirlarini tasdiqlamoqda, ya’ni G‘arbning rejimlarni almashtirishga qaratilgan harakatlaridan qo‘rquvini asosli qiladi», – deydi Nikol Grayevski.
Isroil va AQSH Eronga qarshi urushni, Amerika va Eron rasmiylari o‘rtasida Ummon vositachiligida o‘tkazilgan bir necha muzokaralar raundiga qaramay, boshladi. Kreml ham hozir Oq uy bilan muzokaralar olib borayotganini hisobga olsak, bu holat Moskva ishonchsizligini yanada kuchaytirishi mumkin, deydi Hanna Notte: Rossiya nuqtai nazaridan qaralganda, AQSH muzokaralarni «insofli tarzda» olib borishiga hech qanday kafolat yo‘q.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin uchun Donald Tramp bilan kamida «do‘stona» munosabatlar ko‘rinishini saqlab qolish muhim, chunki u Moskvaga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini qo‘zg‘atib qo‘yishni istamaydi.
«Ya’ni butun bu vaziyat Putinni qattiqlik va ehtiyotkorlik o‘rtasida muvozanat saqlashga majbur qiladi. AQSH nazariy jihatdan Rossiya ittifoqchilariga, masalan, Kuba hukumatlariga bosimni davom ettirishi mumkinligini hisobga olsak, bunday muvozanatni saqlab turish tobora qiyinlashadi», – deydi u.
Kuzatuvchilarning ytishicha, Yaqin Sharqdagi jang harakatlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri oqibatlaridan biri Rossiyaning yadroviy ritorikasi kuchayishi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Eron bilan urush fonida Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron yadroviy arsenalni ko‘paytirish va uning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamaslik rejalari borligini bildirgani fondida.
Yaqin Sharqdagi inqiroz sharoitida Rossiya uchun Ukrainadagi pozitsiyalarini saqlab qolish yanada muhim bo‘ladi, deya taxmin qiladi Notte. Uning tushuntirishicha, bu urushning natijasi Rossiyaning jahon voqealariga haqiqiy ta’siri haqida «yakuniy hukm»ni chiqarishi mumkin:
«Agar hozirgi vaziyatda Rossiya kuchsiz ko‘rinayotgan bo‘lsa, bu ko‘p jihatdan Ukrainadagi urushning oqibatidir. Va agar buni Moskva nuqtai nazaridan ko‘rsak, xulosa shunday bo‘lishi mumkin: «Demak, bu shunga arzigan. Biz bu urushdan g‘olib bo‘lib chiqishimiz shart, aks holda buncha katta badal nega to‘landi?».
«Rossiya uchun nafas rostlash»
Маълuм ma’noda Yaqin Sharqdagi mojaro Moskva uchun hatto foydali ham bo‘lishi mumkin, chunki Rossiya birinchi navbatda o‘zining urush harakatlariga e’tibor qaratgan. Nottening so‘zlariga ko‘ra, asosiy omillardan biri neft narxining oshishi bo‘lib, bu Rossiya budjetiga biroz «nafas rostlash» imkonini berishi mumkin. Shu bilan birga, Ҳўрмuз bo‘g‘ozida kemalar qatnovining buzilishi bilan bog‘liq muammolar ham mavjud, aynan shu yo‘l orqali dunyo Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan umumiy neft va suyultirilgan gazning taxminan 20 foizini oladi.
Masala faqat neft narxining yuqori bo‘lishi Rossiya daromadlarini oshirishida emas. Ta’minotdagi uzilishlar Rossiyaga Xitoy va Hindistonda Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan keladigan import ulushining bir qismini egallash imkonini ham berishi mumkin.
Yana bir omil AQSHning Eronga qarshi operatsiyaga sarflashga majbur bo‘layotgan harbiy resurslaridir. Amerika amaldorlarining baholashicha, bu operatsiya kamida yana bir necha hafta davom etishi mumkin. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ochiq aytdiki, agar urush cho‘zilsa, bu Ukrainaga qurol yetkazib berishga ta’sir qilishi mumkin.
Kiyev uchun eng og‘ir muammo AQSHning havo mudofaa tizimlari uchun zarur bo‘lgan raketa-tutib қолuвчиларdiр. Hozir Eronning javob hujumlari tufayli ularga bo‘lgan talab AQSHning o‘zida ham, Fors ko‘rfazidagi uning ittifoqchilarida ham oshgan. «Patriot» tizimlari va raketa ushlab қолuвчиларdaн foydalanish qanchalik ko‘paysa, bu Rossiya uchun shunchalik foydali, chunki bu Ukraina bozordan olishi mumkin bo‘lgan resurslarni cheklaydi», – deb tushuntiradi «Sciences Po» institutidan Nikol Grayevski. Bu holatni Ukraina hukumati ham ochiq tan olmoqda.
Ammo ekspertlar fikricha, Eronning o‘z dronlaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojining ortishi Rossiya imkoniyatlariga deyarli ta’sir qilmaydi.
«Rossiya Ukrainadagi urushning boshida, Eron 2022-2023-yillarda «Shahed» dronlarini, shuningdek, ularni ishlab chiqarish texnologiyasi va litsenziyalarini bergan paytda mudofaa sohasida Eronga bog‘liq edi. Hozir esa urush shunday bosqichga yetdiki, Rossiyaga uni davom ettirish uchun Eron kerak emas. Rossiya «Shahed» dronlarini «Alabuga»da o‘zi ishlab chiqara oladi», – deydi Notte.
Yaqin Sharqdagi urush Rossiya, Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar jarayoniga allaqachon ta’sir qildi. Bu davlatlar delegatsiyalari yil boshidan beri Abu Dabi va Jenevada uchrashishga ulgurgan edi. Yangi raund mart oyi boshida Yaqin Sharqda o‘tkazilishi mumkinligi taxmin qilingan, ammo hozircha uchrashuvning hatto taxminiy sanasi ham ma’lum emas. Vladimir Zelenskiyning aytishicha, bu tanaffus bevosita AQSH amaldorlarining hozir Eron masalasiga e’tibor qaratayotgani bilan bog‘liq.
Grayevskining fikricha, Erondagi voqealar Ukrainadagi jang harakatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishi ehtimoldan yiroq.
«Ammo menimcha, Rossiya bu urushni kuzatib, ko‘p narsani o‘rganishi mumkin. Bu uning uchun qimmatli saboq bo‘ladi – G‘arb bugun urushlarni qanday olib borayotganini ko‘rish imkonini beradi», – deydi u.
Ҳанна Nottening aytishicha, Eronga qarshi urush fonida Rossiya hukumati G‘arbni «ikkiyuzlamachilik va xalqaro huquqni buzish»da ayblab, Ukrainada urush olib borish huquqini himoya qilishga harakat qiladi.
«Ammo Rossiya uchun katta muammo shundaki, bu unga yordam bermaydi. Rossiya bunday dalillarni keltirishi mumkin, ammo u amalda o‘zimiz o‘ylagan – u yashashni istagan dunyoga duch keldi: qoidalar amal qilmaydigan, «kuchli tomonning haqqi» ustun bo‘lgan dunyoga. Lekin aynan shu dunyoda Rossiya kuchining cheklovlari ham ko‘rinmoqda. Biz Putin bu kabi dunyoda Rossiyaning «salmog‘i» bilan maqtana olmasligini ko‘ryapmiz, chunki u Rossiyani Ukrainaga qarshi halokatli urushga tortib kiritdi va bu urush mamlakatning barcha resurslari hamda imkoniyatlarini yutib yubormoqda», – deydi Notte.





