Samarqandda gaz to‘ldirish shoxobchalari jarimaga tortildi

Bugun 13:251 daqiqa

Payariq tumanida 11 ta siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida metan narxini oshirgani uchun jarimaga tortildi.

Samarqandda gaz to‘ldirish shoxobchalari jarimaga tortildi © Foto: Vaqt.uz

Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. Unda bir vaqtning o‘zida metan narxini oshirish holati aniqlangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy aholi tomonidan gaz narxining asossiz oshirilgani va qo‘shni tumanlarga nisbatan yuqori ekani bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Shu asosda nazorat organi tomonidan monitoring ishlari va iste’molchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazilgan.

Oshirilgan narx

Tahlillar natijasida aniqlanishicha, tumandagi 12 ta siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasidan 11 tasi 5-yanvardan boshlab iste’molchilarga 1 metr kub siqilgan gaz mahsuloti o‘rtacha 300 so‘mga bir vaqtda oshirilib sotilayotgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida ushbu shoxobchalar 8 ta korxonaga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Ular orasida «Temur-Bek», «Sadaf Agro Servis», «Raqobat Eko Gaz Servis», «Jaxongir Prestij», «Amirxon Gaz Servis» kabi kompaniyalar bor.

Yakuniy xulosaga ko‘ra, mazkur holat «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasi talablari ya’ni raqobatga qarshi muvofiqlashtirilgan harakatlar sodir etilganligi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunida belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Teglar

Mavzuga oid