O‘zbekiston 50 kishini Fransiyaga mavsumiy ishga yuboradi

Bugun 21:552 daqiqa

Yangi kelishuvga ko‘ra, 2026-yil yozida 50 nafar ishchi Fransiya uzumzorlariga yuboriladi.

O‘zbekiston 50 kishini Fransiyaga mavsumiy ishga yuboradi © Uzbekistan, France, seasonal work, labor migration, agricultural jobs, vineyard work, FNSEA, workforce training, employment agreement, labor cooperation

O‘zbekiston va Fransiya qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirib, o‘zbekistonliklarni uzumzorlarda mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiyaning xorijiy mamlakatga tashrifi davomida ma’lum qilindi.

Kelishuvga ko‘ra, joriy yil yoz oylaridan boshlab pilot loyiha doirasida 50 nafar nomzod ilk bor Fransiyaga mavsumiy ishlar uchun yuboriladi. Mazkur jarayon Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan hamkorlikda tizimli ravishda tashkil etiladi.

Shuningdek, Fransiyaning «Sélect Recruiting Service» tashkiloti bilan kadrlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi. Bundan tashqari, «CFA AC Paris» kompaniyasi bilan «ta’lim + ish» formati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dastur o‘zbekistonliklar uchun Fransiya restoran sohasida ham o‘qish, ham ishlash imkoniyatini yaratishni ko‘zda tutadi.

Kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiyaning Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Ta’lim vazirliklari mutasaddilari, shuningdek, France Travail davlat bandlik xizmati, CCI Île-de-France savdo-sanoat palatasi hamda AP-HP Parij davlat shifoxonalari xizmati vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

Mehnat migratsiyasi geografiyasi

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi so‘nggi yillarda mehnat migratsiyasi geografiyasini diversifikatsiya qilish ustida ishlamoqda. Hozirga qadar Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya va Litva kabi o‘ndan ortiq davlatlar bilan ishchi kuchini tashkiliy ravishda yuborish bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar imzolangan. Fransiya bilan erishilgan yangi kelishuv Yevropa Ittifoqining yirik mehnat bozoriga kirishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.

Fransiya qishloq xo‘jaligi sektori Yevropaning eng yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, sohada yiliga 270 mingdan ortiq mavsumiy ish shartnomalari tuziladi.

Teglar

Mavzuga oid