O‘zbekistondagi kafe va restoranlar ikki oyda 33 trln so‘mdan ortiq savdo qildi

Bugun 17:371 daqiqa

Mamlakatda umumiy ovqatlanish sohasida 27 243 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekistondagi kafe va restoranlar ikki oyda 33 trln so‘mdan ortiq savdo qildi © Foto: kommersant

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 33,7 trln so‘mga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga oshgan.

2026-yilning yanvar oyida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 15,2 trln so‘mni tashkil etgan edi. Bu esa 2025-yilning mos davriga nisbatan 18,9 foiz o‘sishni anglatadi.

Bildirilishicha, 2026-yilning 1-mart holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 27 243 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

photo_2026-04-27_17-37-15

O‘tgan yilgi holat qanday edi?

2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 26 390 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritgan. 2025 yilda umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 237,6 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 14,7 foizga oshgan.

Teglar

Mavzuga oid